Joriy yilning 29-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi nomiga G.P. dan ariza kelib tushadi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari AJda ishlovchi S.A. uni vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga kiritib qoʻyish uchun 3 ming AQSh dollari talab qilayotgani keltirib oʻtilgan.
Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda XTB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro S.A. talab qilingan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan koʻlga olinadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Baymurat QUTLIMURATOV,
kapitan.
