Xorazm viloyati IIB JXX YHXB YPX inspektorlari yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transporti bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha kunu-tun hushyorlik bilan xizmat qilishmoqda. Afsuski baʼzi haydovchilar hamon yoʻl harakati qoidalariga rioya etmasdan qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etishyapti.
Yaqinda jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahar sudida mast holda yoki yetarli malakaga ega boʻlmasdan turib transport vositasini boshqarish, yoʻl-patrul xizmati inspektorining qonuniy talabini bajarmaslik kabi qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etgan 10 nafar haydovchining noqonuniy xatti-harakatlari koʻrib chiqildi. Sud yigʻilishida haydovchilar tomonidan sodir etilgan har bir qoidabuzarlik holati sinchkovlik bilan muhokama etilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralari koʻrildi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
