Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Xavastlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, Jizzax shahridagi tadbirkorlik subʼektlaridan birida ishlovchi R.Oʻ. uyali aloqa vositasida turli diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni saqlab, ularni tanishlariga tarqatish bilan shugʻullanayotganligi aniqlandi.

Ayni mazmundagi qonunbuzarlik viloyatning Yangiobod tumani “Sarmich” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Z.D. tomonidan ham sodir etilgan. Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi, Jizzax shahridagi oliy oʻquv yurtlaridan birida taʼlim olayotgan M.B. esa uyali aloqa vositasi orqali pornografik mazmundagi foto va video tasvirlarni tanishlariga tarqatishni odat qilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.