Qorakoʻl tumanidagi Qorahoji nomli mahallada ijtimoiy soha obyektlarida faoliyat olib boruvchi fuqarolar va keng jamoatchilik oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, uning profilaktikasi yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan oʻgʻirlik va firibgarlik jinoyatlari qurboniga aylanib qolmaslik boʻyicha fuqarolarga batafsil tushunchalar berildi. Shundan soʻng, ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot bukletlari tarqatildi.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.
