“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Qorakoʻl tumani IIBda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Unda mamlakatimiz ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soha xodimlarining kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini yuksaltirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Faxriylar ichki ishlar sohasining oʻziga xos masʼuliyati va sharafi, kasbga sadoqat, qonuniylik va adolat, xalqparvarlik, fidoyilik kabi yuksak fazilatlarning ichki ishlar organi xodimi faoliyatidagi ahamiyati haqida soʻzlab berishdi. Shuningdek, soʻzga chiqqanlar “Ustoz-shogird” anʼanalarining soha ravnaqidagi oʻrni, yosh xodimlarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirish omillari, uzoq yillik faoliyat davomida erishgan yutuqlari va hayotiy oʻgitlarini yosh xodimlar bilan boʻlishishdi.
Oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
