IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7535-harbiy qismda yigitlik burchini oʻtab, Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilayotgan askarlar orasida test sinovlarini aʼlo baholarga topshirgan, xizmati davomida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga tavsiyanomalar berish hamda kuzatuv tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda qism komandiri soʻzga chiqib, muddatli harbiy xizmatchilarga Vatan himoyasi, el tinchligi yoʻlida bedor oʻtkazgan tunlari, oʻz burchlarini sharaf bilan ado etganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi hayot yoʻlida omad va ulkan zafarlar tiladi. 

Nilufar DAVIDOVA,

jurnalist.