Jizzax viloyati Doʻstlik tumani IIB binosida kapital taʼmir va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungacha ishlarning asosiy qismi bajarib boʻlindi. Jumladan, navbatchilik qismida uzluksiz faoliyat uchun qulay sharoitlar yaratildi. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi joylashgan xonalar ham zamon talablariga moslandi. Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi hamda “Vatanparvarlik burchagi”da yaratilgan imkoniyatlar shaxsiy tarkibning bilimini oshirishda qoʻl kelmoqda.
Shuningdek, Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlimiga tegishli boʻlgan bino taʼmirlanib, ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ekspert-kriminalistika xizmatlari xodimlari joylashtirildi. Bundan tashqari, ichki ishlar boʻlimi yonidan probasiya xizmati binosi va oshxona qurib, foydalanishga topshirildi. Ayni vaqtda sport hamda trenajyor zallari, yuvinish xonasi, yotoqxona taʼmirlanyapti. Bundan tashqari, vaqtincha saqlash hibsxonasi barpo etilmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
