Kun qahramoni
1992 yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanida tugʻilgan. 2016 yili Oʻzbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtini tamomlagan.
Ichki ishlar safidagi ilk faoliyatini Qoraqalpogʻiston IIV 71-maxsuslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining tezkor vakili boʻlib boshlagan. Soʻngra 19-son maxsuslashtirilgan JIEM koloniyasining tezkor vakili sifatida davom ettirgan.
2020 yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi Xoʻjayli bekatida boʻlinmasi jinoyat qidiruv guruhi katta tezkor vakili sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Kapitan B.Qutlimuratov tomonidan joriy yil davomida 4 ta jinoiy holat va 3 ta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan.
Xususan, shu yil aprel oyida SH.A. ismli fuqaro qonunga xilof ravishda valyuta oldi-sottisi bilan shugʻullanayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olinadi. Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotgan bir paytda fuqaro SH.A. oʻzining bir yil ilgari xudi shu tarzdagi qonunbuzarligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilganini, bu safar jinoiy javobgarlikka tortilib ketishini B.Qutlimuratovga aytib, toʻplangan hujjatlarni ijobiy hal etishda yordam berishini soʻraydi. Evaziga esa 1 mln. soʻm pul berishni taklif etadi.
Oʻz navbatida kapitan B.Qutlimuratov bu haqida tegishli joylarga xabar berib, uning asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olinadi.
Azamat PIRNIYAZOV,
«Postda» muxbiri.
