Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati IIB tomonidan bir qator sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtirilmoqda. “Yangi Oʻzbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida oʻtkazilayotgan bellashuvlarning dastlabki 2 kunida ichki ishlar organlari xodimlari hamda IIV Jizzax akademik liseyi oʻquvchilaridan tarkib topgan voleybolchilar jamoalari kuch sinashishdi.
Endi futbol, 3 ming metrga yugurish hamda qoʻl jangi boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi. Yuqori natijalarga erishgan jamoalar va sportchilar viloyat IIB tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
