Viloyat IIB JXX JTSB Karantin guruhi hamda veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Peshku tumanida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Mazkur oʻquv mashgʻuloti quturish kasalligiga qarshi kurashda tegishli xizmatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini ogohlantirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish koʻnikmalarini oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan quturish kasalligining oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi va aholi ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilishga chaqirildi.
O.XOLAKOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
