Farzandi ortidan rahmat eshitish har bir ota-onaning baxti. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim 1-va 2-oʻquv kurslari kursantlari amaliyotini yuqori saviyada oʻtkazishni taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati IIBda yigʻilish tashkil etildi. Unda kursantlar va ularning ota-onalari qatnashishdi. 

Tadbirda soʻzga chiqqan IIB mutasaddilari kursantlarga xizmat intizomi va qonuniylik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, fuqarolarga nisbatan xushmuomalada boʻlishlari, xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga aralashmasliklari, amaliyotni belgilangan tartibda oʻtashlari lozimlini uqtirishdi. Shuningdek, kursantlarning ota-onalari ham amaliyot oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishtirildi. Yigʻilish soʻngida oʻquv yilini aʼlo baholarga yakunlagan, namunali xulqi bilan oʻrnak boʻlayotgan kursantlarning ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.