Ichki ishlar organlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” boshlangani munosabati bilan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida masʼul xodimlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda oylikni namunali oʻtkazish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Oylik davomida xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, jangovar shayligi, bilim va koʻnikmalarini oshirish, shu maqsadda intellektual oʻyinlar, mahorat darslari tashkil etish boʻyicha aniq rejalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, Karmana tumani IIB xodimlari ishtirokida jangovar shaylik, ommaviy tartibsizliklarning oldini olishga doir oʻquv mashgʻulotlari hamda maxsus-taktik qoʻmondonlik yigʻinlari tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan xodimlarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
