Maʼlumki, pirotexnika vositalaridan foydalanish turli koʻngilsiz holatlarning kelib chiqishidagi sabablardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, ayni kunlarda joylarda bunday holatlarning oldini olish maqsadida ichki ishlar idoralari tomonidan tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, yaqinda Nukus tumani hududida oʻtkazilgan «Oʻquvchi» reydi davomida «Kasb-hunar» maktabi oʻquvchisi yonida 1 quti ichida 55 dona pirotexnika moddasini olib yurgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, oʻquvchining ӯzi va ota-onasiga pirotexnika vositasining salbiy oqibatlari tӯgʻrisida tushunutirilib, maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanildi.

Nazira TURDIMURATOVA,

mayor.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.