Samarqand viloyati IIB va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari hamkorligida ekologiya sohasiga oid qonunbuzarlik holatlarining oldini olish boʻyicha Samarqand shahri va shahar atrofi boʻylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat tadbirlarini olib borilmoqda.  

Viloyat IIB Axborot xizmati taqdim etgan maʼlumotga koʻra, 6-sentyabr kuni oʻtkazilgan reydlar natijasida 3 nafar shaxs tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan. Jumladan, bir nafar shaxs tomonidan noqonuniy ravishda daraxt va boshqa oʻsimliklarni kesish, bir nafar shaxs tomonidan chiqindilarni toʻplash, tashish va tozalik talablarni buzish, bir nafar shaxs tomonidan fuqaro aholi punktlarida xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarni boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish kabi qoidabuzarliklar sodir etgan. Ular maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA, 

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.