Ijodiy kechaning bosh maqsadi oso­yishtalik posbonlariga yuksak ehtirom koʻrsatish, xodimlarda vatanparvarlik tuygʻusini yanada yuksaltirish va ular­ning oila aʼzolariga quvonch ulashishdan iborat. Shu bilan birga, tadbirning muhim jihatlaridan biri – xizmat vazifasini baja­rish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini maʼnaviy hamda moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani boʻldi. 

Sahnada vatanparvarlik va sadoqatni, tinchlikning qadrini ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. El suygan taniqli sanʼatkorlar, estrada yulduzlari hamda isteʼdodli xonandalar oʻzlarining eng sara ijod namunalarini tuhfa etishdi. Shuningdek, bayram dasturidan joy olgan taniqli soʻz ustalarining chiqishlari, hazil-mu­toyibalarga boy sahna koʻrinishlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi. 

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar kelgusida soha xodimlarining jangovar ruhini va xizmat samaradorligini oshirishga xiz­mat qiladi. 


Abror POYONOV,

katta serjant.