Viloyat IIB shaxsiy tarkibi bilan saf koʻrigi va saf tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazildi. Unda IIVning meʼyoriy buyrugʻi talablari asosida xodimlarning xizmat kiyim-boshlarini kiyganliklari, xizmat guvohnomalarining talab darajasida olib yurilishi, xizmat davomida foydalaniladigan, yonlarida olib yurishlari zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi tekshiruvdan oʻtkazilib, saf tayyorgarligi mashgʻulotlari olib borildi. Shu bilan birga, xodimlar orasida xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylikni mustahkamlash borasida tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

        Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.