Yangihayot tumani IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik R.Binali, voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori, leytenant F. Toshpoʻlatova hamda tahlil va muvofiqlashtirish guruhi inspektori, leytenant N.Mengnarovalar hududdagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida profilaktika tadbir oʻtkazishdi. Tadbir oktabr oyi xotin-qizlar oʻrtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan tashkil etilgan boʻlib, soʻzga chiqqanlar giyohvandlik yosh avlodni jar yoqasiga olib boruvchi illat ekanligini taʼkidladilar.

Shuningdek, tadbir davomida xotin-qizlarga ijtimoiy tarmoq orqali giyohvand moddalarni targʻib qilib, ularni notoʻgʻri yoʻlga boshlayotgan shaxslarga qanday munosabatda boʻlish kerakligi haqida videorolik namoyish etildi.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.