Tomdi tumani IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur oʻyinda tuman Tibbiyot birlashmasining bilimli, zukko ayol shifokorlariyu hamshiralari ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimligi vakillari soʻz olib, qatnashchilarni kasb bayrami bilan muborakbod etishdi. Savollarga tez va aniq javob bergan Shoshilinch qabul boʻlimi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Mutasaddilar tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
