Kasb fidoyisi
Ilhomjon Umarov Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, stajirovkani oʻtagandan soʻng Asaka shahar shifoxonasida jarroh boʻlib ishlay boshladi. Keyinchalik Rossiya Federatsiyasining Kurgan shahridagi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tibbiy tadqiqot markazida klinik ordinatura mutaxassisligi boʻyicha oʻqidi.
I. Umarov ordinaturani bitirib, Andijon davlat tibbiyot instituti travmatologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritdi.
Oliy toifali mutaxassis I. Umarov qariyb 30 yildan buyon Andijon viloyati IIB tibbiyot boʻlimi poliklinikasida shifokor-jarroh boʻlib ishlab kelmoqda. Shu yillar davomida u bir necha bor malakasini oshirdi.
– Ustozlarim akademik Gavriil Ilizarov va professor Neʼmat Qurbanovni har doim minnatdorlik bilan eslayman, – deydi I. Umarov. – Ular oʻz tajribalari bilan beminnat oʻrtoqlashib, yillar davomida toʻplagan bilimlarini menga oʻrgatishdi.
Bugungi kunda Andijon viloyati tibbiy davolash muassasalarida Ilhomjon Umarovning Baxtiyor Ahmedov, Azizbek Ergashev va Sherzod Najmitdinov kabi shogirdlari muvaffaqiyatli xizmat olib bormoqda.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.