Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida mahalliy byudjet hisobidan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahar, Narpay, Kattaqoʻrgʻon va Paxtachi tumanlarida tumanlararo patrulʼ-post xizmati boʻlinmalari tashkil etildi.

Bugun Kattaqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan xizmat oldi yoʻriqnomasida ushbu boʻlinmalarni samarali xizmat olib borishlari va xizmatlari davomida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchikka qarshi kurashish, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni barvaqt fosh etish maqsadida, 12 ta Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinalari viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.