Samarqand viloyati hududidagi mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligi va fuqarolarimizning osoyishtaligini taʼminlash borasidagi ishlar "mahallabay" davom etmoqda.

09 mart kuni Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik, Shavkat Raxmonov Narpay tumanida mahallabay amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli bilan tanishdi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirokidagi oʻrganishlarning dastlabki manzili, tumandagi “Oʻzbekkenti” mahallasi boʻldi. Boshqarma boshligʻi mahalla binosida mahalla raisi, profilaktika inspektori hamda bir guruh faollar bilan hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilib, bu borada profilaktika inspektori hamda mahalla raisini takliflarini tingladi. Masʼullarga jinoyat va huquqbuzarliklarni jilovlash boʻyicha tavsiyalar berdi.

Tuman IIB boshligʻi otaligʻidagi 55–sonli maktab, 1976 yil qurilgan boʻlib, u yerda 428 nafar oʻquvchilar tahsil oladi. Boshqarma boshligʻi maktab faoliyati bilan tanishar ekan, sport toʻgaragida qatnashayotgan yoshlar bilan dildan suhbat qurdi. Shuningdek, maktab kutubxonasiga kirib, kitob fondi bilan tanishdi. Oʻquvchilar uchun kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. 

Shundan soʻng, tumanning togʻli hududlarga tutash boʻlgan “Guliston” mahallasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini oʻrganib, ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqaroning xonadoniga tashrif buyurib, muammolari tinglanib, masʼullarga tavsiyalar berildi.

Tuman 3-sektorga qarashli “Guliston” mahallasida “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar bandligini taʼminlash maqsadida, kooperatsiya tashkil etilgan. Boshqarma boshligʻi u yerda tikuvchilik bilan shugʻillanayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Sektor rahbariga bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha takliflar berildi.

Oʻrganishlarning soʻngi manzili tuman Ichki ishlar boʻlimi boʻldi. IIB boshligʻi u yerda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Xodimlarga munosib sharoitlarda xizmat qilishlari uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratib berish lozimligi boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.

Mahallabay oʻrganish ishlar boshqa hududlarda davom etadi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati