Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining tezkor qidiruv va patrul-post xizmati boʻlinmalari xodimlari bilan uch kunlik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qism bazasida tashkil etilgan oʻquv yigʻinida xodimlarning fuqarolar bilan muloqot jarayonida muomala madaniyati, kasbiy mahorati, vaziyatni toʻgʻri baholash orqali tezkor qaror qabul qilish koʻnikmasini yanada oshirishga eʼtibor qaratildi. Oʻquv yigʻinini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida viloyat IIBning sohaviy xizmatlaridan boy amaliy tajribaga ega boʻlgan xodimlar, mutaxassislar, yuqori malakaga ega ilmiy-pedagoglar hamda harbiy qismning malakali harbiy xizmatchilari jalb etildi.
Oʻz muxbirimiz
