Sut va sut mahsulotlarini nafaqat bolalar, balki kattalar ham sevib isteʼmol qilishadi. Faqat har doim ham ularning yaroqlilik muddati va sanitariya holatiga eʼtibor qilavermaymiz. Aslida sanitariya talablari asosida tayyorlangan, maxsus qadoqdagi sut mahsulotlarini xarid qilish maqsadga muvofiqdir. 

Afsuski, oramizda qoʻlbola usulda tayyorlangan shunday mahsulotlar savdosi bilan shugʻullanayotganlar ham uchrab turibdi. Yaqinda Samarqand – Buxoro yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan davlat raqami 30 K 401 HA boʻlgan “Neksiya” avtomashinasi toʻxtatib tekshirilganda, uning yukxonasi va salonida jami narxi 18 million soʻmlik 328 banka sariyogʻ borligi aniqlandi. Ushbu mahsulotlar tegishli hujjatlari yoʻqligi va sanitariya qoidalariga rioya qilmay tashib ketilayotganini sababli mazkur holat yuzasidan alolatnoma rasmiylashtirildi. Saryogʻ esa viloyat veterinariya va oziq ovqat tashxisi markaziga joʻnatildi.

 Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.