Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, turizm jozibadorligiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Shahrisabz” turistik markazida joylashgan kater xizmati, ziplayn, osma koʻprik kabi koʻngilochar manzillarda muntazam oʻrganishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ogohlantirishlar berilmoqda.
Javlonbek ALLAYEV,
karitan.
Qashqadaryo viloyati.
