Qadimiy va koʻhna Buxoro oʻzining boy tarixi hamda jozibadorligi bilan yurtimizda oʻz oʻrniga ega. Shu bois ham mahalliy va xorijiy sayyohlarning hamisha diqqat markazida. 

Tashrif buyurgan mahalliy hamda xorijiy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash, ularga amaliy yordam koʻrsatish, xavfsiz sayyohlik muhitini yaratish qolaversa, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimli ishlar tashkil qilingan. 

Buxoro shahrining tarixiy qismiga sayohat qilish maqsadida tashrif buyurgan samarqandlik N.Mardiyevaning hamyoni va pullarini ehtiyotsizligi oqibatida yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi murojaati qisqa fursatlarda boshqarma xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi. Shuningdek, Kanada fuqarosi S.Zouyevning ehtiyotsizligi oqibatida shaxsiy buyumlarini yoʻqotib qoʻyganligi toʻgʻrisidagi murojaati ham boshqarma xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi. Xorijiy sayyoh shaxsiy buyumlari topilganidan xursand boʻlib, minnatdorlik bildirdi. 

M.RAShIDOVA,

katta leytenant.

Buxoro viloyati.