Fargʻona shahrida probatsiya hisobida turuvchi shaxslar uchun sayyor qabul, mehnat yarmarkasi va tibbiy koʻrik tashkil etildi. Shahardagi monomarkazda tashkil etilgan mazkur keng qamrovli tadbirda 237 nafar probatsiya nazoratidagi shaxslar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Ularning bir qanchasi doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 4 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi, 139 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, soha rahbarlari kelgusida probatsiya nazoratida turgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlamaslik, ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha profilaktik suhbat ham olib bordilar.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.