Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev tomonidan Furqat tumanida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabul koʻplab murojaatlarning joyida yechim topishiga xizmat qildi.
Qabul davomida 31 nafar fuqaro 33 ta masala boʻyicha murojaat qilishdi. Eʼtiborlisi, ushbu murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, ayrim murojaatlar ijrosi muayyan vaqt talab qilganligi sababli tegishli masʼullarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Murojaat qilgan fuqarolar nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, sanatoriyaga yoʻllanma ajratish, davolanish uchun order, moddiy yordam puli va kredit olish masalalarida, jazodan shartli ozod qilish, doimiy ishga joylashtirish, subsidiya asosida tikuv mashinasi olish yuzasidan sektor boshligʻidan koʻmak soʻradi.
Shu kuni sektor rahbari yoshlar bilan ham uchrashdi. Ularga birinchi marotaba Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalarni tantanali ravishda topshirib, badiiy kitoblar sovgʻa qildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
