Uychi tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ham yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan tantanalar koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Joriy yilda tumandagi 46 ta umumtaʼlim maktabida 40 800 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladi. Shundan 4557 nafari 1-sinf oʻquvchilaridir. Ularga Prezident sovgʻasi sifatida oʻquv qurollaridan iborat sovgʻalar topshirildi. 

3-sektor hududidagi tuman IIB otaliqqa olgan 24-maktabda boʻlib oʻtgan tadbirda tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Furqatjon Mirzaev ishtirok etdi. U maktabga ilk bor qadam qoʻygan birinchi sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalarini topshirdi.

Gulchehra BUVAMIRZAEVA, 

"Postda" muxbiri.

Namangan viloyati.