Qashqadaryo viloyati 3-sektori rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni oʻrgatish oʻquv kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi. Yoshlarga hunar oʻrganish davomida har bir dars mashgʻulotini qunt bilan oʻrganib, kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk mutaxassis boʻlish lozimligini uqtirdi.
Polkovnik Abduvohid Ismoilov soʻng Qarshi shahri “Oydin” mahallasi yettiligi bilan suhbatlashdi. Mahalladagi iqtisodiy-ijtimoiy holat, uyushmagan yoshlar, ishlash yoki boshqa maqsadlarda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolar bandligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha masʼullarga oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
