Pop tumani 3-sektor hududidagi “Ozod” mahalla fuqarolar yigʻini binosida “Ozod”, “Nurobod” mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi. 

Hozirga qadar 300 nafardan ziyod fuqaro pediatr, nevropotolog, okulist, bolalar shifokori, ginekolog, kardiolog singari mutaxassislar tomonidan koʻrikdan oʻtkazildi. Ularga tegishli maslahatlar va tavsiyalar berildi.

 Tibbiy koʻrik davom etmoqda.

Gulchehra Buvamirzayeva, 

"Rostda" muxbiri.

Namangan viloyati.