Mamlakatimiz rahbarining joriy yil 27 avgustdagi farmoni asosida mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan bir guruh shaxslar jazoni oʻtash muassasalaridan ozod etildi. Shuningdek, ulardan yana bir qanchasining jazolari yengillashtirildi.  

Chunonchi, 5 nafar jizzaxlik mahkumga ham insonparvarlik tamoyili qoʻllandi. Ularning birining jazosi yengillashtirilgan boʻlsa, 4 nafari erkinlikka chiqarildi. Jizzax viloyati hokimligida 4 ta sektor rahbari, xususan viloyat hokimi Ergash Saliev, viloyat prokurorining oʻrinbosari Sarvar Bozorov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Bekzod Toshpoʻlatovning ozod etilgan 4 nafar fuqaro bilan muloqoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur jarayonda ushbu shaxslar turar joy va ish bilan taʼminlash, yer uchastkasi ajratish, uy taʼmiri borasida yordam soʻradilar. Sektorlar masʼullari tomonidan mazkur masalalarni hal qilish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.