“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri doirasida “xonadonbay” tizimi asosida Shahrisabz tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari va XQMB katta inspektori tomonidan biriktirilgan maʼmuriy hududlarda oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida bir qator targʻibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish choralari koʻrildi. Bu jarayonda mutasaddi idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda zoʻravonlikdan jabrlangan fuqarolar, oila-turmush sohasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
