Gripp keng va tez tarqaladigan oʻtkir yuqumli kasallik. Deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydigan bu kasallik asosan kuz va qish oylarida koʻp uchraydi. Gripp kasalligiga chalinish har bir yilning noyabr va mart oylarida toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 4-8-noyabr kunlari IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari Qarshi XAXTB alohida batalʼoni shaxsiy tarkibi oʻrtasida kasallanish holatlarining oldini olish maqsadida profilaktik tibbiy koʻrik uyushtirildi.
Tibbiy koʻrik davomida harbiy xizmatchilarda uchragan kasalliklarni davolash uchun ambulator va stasionar tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, “Sovid-19”ga qarshi vaksinasiya ishlari yakunlanib, shaxsiy tarkib mavsumiy grippdan himoyalanish uchun “Sovigripp” vaksinasi bilan toʻliq emlandi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
