Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali oliy toifali shifokori Elbek Dilov kechki navbatchilik vaqtida sovuq qurol bilan oʻzini jarohatlamoqchi boʻlgan fuqaroni zararsizlantirib, vaziyatni nazorat ostiga oldi. U yuqori professionallik, fidoyilik va masʼuliyat bilan harakat qilib, fuqaroning hayotini saqlab qolishda muhim rol oʻynadi.

Shifokorning vijdonan va jasorat bilan ish tutgani, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻrsatgan yaqindan yordami alohida eʼtirof etildi. Unga viloyat IIB boshligʻi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

U.BARAKAYEV,

leytenant.

Buxoro viloyati.