Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev shu kunlarda tegishli sohalarning mutasaddi rahbarlari bilan birga tibbiyot muassasalarining qishga tayyorgarligini oʻrganib chiqmoqda.
Jumladan, Bagʻdod, Rishton hamda Oltiariq tumani markaziy shifoxonalarining isitish tizimi soz holatda ishlayotganligi koʻzdan kechirildi. Tabiiy gaz yoki koʻmir yordamida isitilayotgan mazkur maskanlarda issiqlik darajasini meʼyorda ushlash, xavfsizlik qoidalariga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Muassasalarda davolanayotgan fuqarolar bilan suhbat oʻtkazilib, mutasaddi rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
