Namangan shahrida yashovchi A.A. 22 oktabr kuni soat 16:40 larda “Damas” rusumli avtomashinasida Davlatobod tumani mahallasidan Namangan shahar yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan vaqtda bir yoʻlovchi qoʻlini koʻtarib uni toʻxtatadi. U begona emas, avval sudlanib chiqqan sinfdoshi T.T. ekani maʼlum boʻladi. Moshinada hech kim yoʻqligidan foydalangan T.T. sinfdoshini 130000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, avtomashinadan tushib qochib ketadi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida T.T. Namangan shahrida joylashgan kompyuter oʻyinxonasida yurgan vaqtida qoʻlga olingan.
Feruza OTAXONOVA,
“Postda” muxbiri.
Namangan viloyati.
