Ana shu shior ostida Jizzax viloyati IIB tibbiyot boʻlimiga biriktirilgan kontingent va ularning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Bu ish Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining endokrinolog, jarroh, terapevt, nevrolog, urolog, rentgenolog, otolaringolog mutaxassislari hamda UTT shifokori tomonidan amalga oshirildi.  

Ikki kun davom etgan mazkur tadbir davomida 663 kishi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va ularning 42 nafariga statsionar sharoitda, 320 nafariga ambulator, 16 nafariga sanatoriy-kurort sharoitda davo muolajalarini olish tavsiya etildi. Shuningdek, 11 nafar faxriyning yashash joylariga borilib, muolajalar qilindi. Bundan tashqari Jizzax viloyati IIB tibbiyot boʻlimi shifokorlarining bilim va tajribalarini oshirish maqsadida oʻquv tashkil etildi. 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.