Kun qahramoni

Jonrid Primqulov asli Xovos tumanidan. Otasi Tangirqul aka juda sermulohaza, uzoq yillar xalq xizmatida boʻlgan inson sifatida oʻgʻlining tarbiyasiga katta eʼtibor qaratdi. Ota tarbiyasi natija berib, oʻgʻli Guliston davlat universiteti talabasi boʻlganida oilada shod-xurramlikni koʻrganingizda edi. Talabalikning oldin davri haqiqiy hayot maktabi boʻldi. U bu yerda ham otasining oʻgitlarini unutmadi. Talabalar orasida eʼtiborga ega boʻlish bilan birga, yetuk mutaxassis sifatida shakllana boshladi. Bilimi, intiluvchanligi, oʻziga nisbatan talabchanligi Sirdaryo viloyati Iibning kadrlar boʻyicha masʼullarining eʼtiborini tortdi. Ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlarining faol ishtirokchisi boʻlgan yigitga ichki ishlar organlarining eshigi ochildi. 

Jonrid Primqulov dastlab Mirzaobod tumani XPB inspektori, soʻngra Turgʻun Ahmedov nomidagi mahallaning profilaktika inspektori etib tayinlandi.

Avvaliga yangi profilaktika inspektorini mahalla ahli begonasirab kutib oldi. Rostda, inpektorlar kelib ketaveradi. Maahallaning muammolari yechilmay qolaveradi. Oilaviy nizolar, mayda oʻgʻirlik, bezoriliklar davom etaveradi. Lekin bu gal unday boʻlmadi. Jonrid Primqulov mahalla raisi va uning oila, diniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining oʻng qoʻliga aylandi. Mahalladagi har bir koʻcha va oilalar bilan birma-bir tanisha boshladi. Notinch oilalar, jinoyatga moyil shaxslarning roʻyxatini tuzdi. Ular bilan ishlash boʻyicha reja tuzib oldi. Saʼy-harakatlar oʻz samarasini berdi. 2021 yilda jinoyachilik keskin kamaydi. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etilmadi. Bezoriliklarga chek qoʻyildi. Notinch oilalar soni 30 tadan 12 ta tushdi. Ularning aksariyati yarashtirildi. 

Jonrid tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlarning yana biri mahallada sogʻlom turmush tarzi, sportni targʻib qilishga oid chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirgani boʻldi. Oʻtgan yili minifutbol, kurash, yengil atletika boʻyicha 15 ta tadbir tashkil etdi. Mahallaning minifutbol jamoasi shakllantirildi. Mahalla ahli orasida jismoniy tarbiya, yugurish, uzoq masofaga yurish kabi ezgu odatlar ommalashdi. Bu esa huquqbuzarliklarning oldin olishda, oʻzaro samimiylik, hamjihatlikning ildiz otishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

 “Postda” muxbiri. 

Sirdaryo viloyati.