Yoʻllarda harakat xavfsizligini bekamu koʻst taʼminlash maqsadida hushyorlikni yoʻqotmasdan, sergak holatda faoliyat olib borayotgan shijoatli va jonkuyar posbonlardan biri Oqqoʻrgʻon tumani IIB yoʻl-patrul xizmati inspektori, safdor Hayotbek Nabiyevdir. Tizimdagi oʻn besh yillik faoliyatining soʻnggi besh yilini mazkur sohada oʻtkazib kelayotgan lavhamiz qahramoni ustozlariga hurmat koʻrsatib, shogirdlarini tarbiyalashdan charchamaydi.
Oʻz kasbiga mehri baland boʻlgan Hayotbek haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga rioya etishini taʼminlash maqsadida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 1600 ga yaqin qoidabuzarliklarni aniqladi. Shu bilan birga, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan qochib yurgan 2 nafar qidiruvdagi shaxsni aniqlashga muvaffaq boʻldi.
Toshkent viloyati.
