Haftaning shanba kuni Fargʻona viloyat IIB rahbariyatining qabul kuni etib belgilangan. Shu kunlari reja asosida boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan fuqarolar qabul qilinib, koʻtarilayotgan masalalar atroflicha oʻrganib chiqilmoqda.

Kuni kecha viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazilib, ichki ishlar organlari faoliyati va xodimlar bilan bogʻliq murojaatlar koʻrib chiqildi.

Qabul davomida xodimlarning ota-onalari bilan ham muloqot oʻtkazilib, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, turli salbiy holatlarning oldini olish, bu borada boshqarma rahbariyati va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida fikr almashildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.