Dilrabo Ergasheva,

Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi surishtiruvchisi,

leytenant.

– 2023-yilda IIV Akademiyasini tamomlab, tergov yoʻnalishida oʻz faoliyatimni boshlagan boʻlsam, ish faoliyatimdagi ilk muvaffaqiyatim men uchun katta natija. Yana yangi marralar sari intilib, viloyatimiz sharafini himoya qilmoqchiman. 

Badiiy kitoblar oʻqishni kun tartibiga kiritganman. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz vakillarining, jahon klassiklarining asarlarini sevib mutolaa qilaman. 

Mening otam Abdulhamid Akbarov Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi katta tergovchisi. Ularning maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashi meni katta marralar sari undaydi.

Forum bizda katta taassurotlar qoldirdi. Biz turli viloyatlardan kelgan hamkasblarimiz bilan tanishib, 2 kun davomida tajriba almashishga harakat qildik.

III respublika forumining «Eng yaxshi kitobxon xodima» koʻrik-tanlovida faxrli 3-oʻrinni egallaganim oila aʼzolarim, yaqinlarim va hamkasblarim tomonidan quvonch bilan kutib olindi. Bu yutuq meni kelgusida bundan-da yuqori natijalarga erishishga undaydi.