Yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlarida turli sport musobaqalarini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Xususan, yaqinda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash alohida bataloni boʻlinmalari oʻrtasida futbol, valeybol, basketbol, harbiy estafeta, uzoq masofaga boʻlinma tarkibida yugurish, shaxmat va arqon tortish boʻyicha sport musoboqalariga start berildi.

Musoboqa boshlanishi munosabati bilan batalʼon shaxsiy tarkibi saf tortdi. Harbiy qism komandiri, podpolkovnik Umid Ahmedov harbiy xizmatchilar jismoniy va jangovar shayligini oshirishda sport musobaqalarining oʻrni muhim ekanligini taʼkidlab, barchaga omad tiladi. 

Shundan soʻng musobaqa boshlandi.

Foziljon Mamasharipov,

“Postda” muxbiri.