Zarafshon shahri hududida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy madaniyati va hushyorligini oshirish maqsadida bir qator tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Yaqinda shahar IIB xodimlari tomonidan «Nazorat» tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati markaziy kon boshqarmasi ishchi-xizmatchilari bilan suhbat oʻtkazildi. Muloqot asnosida ularga har qanday qonunbuzarlik uchun javobgarlik, jinoyatga esa jazo muqarrarligi eslatildi. Shuningdek, yoʻllarda harakatlanish qoidalariga rioya qilish, shaxsiy avtomashinalarni belgilangan joylarda saqlash lozimligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.