Pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha Xorazm viloyati IIB xodimlari tomonidan ham bir qator tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 57 ta ana shunday turdagi huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, qonunbuzarlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Jumladan, shu yilning 4 dekabr kuni profilaktika inspektori va yoʻl-patrul xizmati inspektori tomonidan oʻtkazilgan hamkorlikdagi reyd tadbiri natijasida pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritishni rejalashtirgan shaxslarning qilmishi fosh etildi.

Ayni paytda pirotexnika vositalari bilan bogʻliq boʻlgan qonunbuzarlik holatlarini aniqlash borasidagi tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.