Toshkent shahar IIBB YHXB maʼrifat zalida «Xavfsiz Toshkent» konsepsiyasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma rahbariyati hamda shaxsiy tarkib qatnashdi.
Xizmat davomida hamkasblari orasida namunali xulqi, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda jonbozlik koʻrsatib, mamlakatimiz hududida taqiqlangan psixotrop, giyohvandlik moddalar, oʻtkir tigʻli jismlar, qidiruvda boʻlgan xavfli jinoyatchilar, transport vositalarini aniqlagan xodimlarning ota-onalari hamda yaqinlariga IIBB YHXB boshligʻi, polkovnik Rafiq Jalilov tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
