Buxoro davlat universitetining turizm faoliyat turlari fakulteti uchinchi bosqich talabalari bilan viloyat IIB XTTB binosiga ekskursiya tashkil etildi. Jarayonda talabalar xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Yiliga millionlab sayyohlar tashrif buyuradigan qadimiy Buxoroda sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida soʻz yuritildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan toʻliq javoblar olishdi.
R.AKRAMOV,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
