Qarshi davlat universitetida “Kiberjinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari, universitet profilaktika inspektori, tyutorlar va 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi globallashuv davrida yoshlar ongi va tafakkuriga salbiy taʼsir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar, axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi illatlar domiga tushib qolmaslik uchun ogohlik va hushyorlikni yoʻqotmaslik har bir insonning eng muhim burchi, kundalik vazifasi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Suhrob MUHAMMADIYEV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
