Buxoro viloyatida IIV Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti rahbariyati hamda Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirokida tizim xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbir davomida soʻnggi vaqtlarda ichki ishlar organlari tizimida uchrayotgan ayrim salbiy holatlar, ularning oldini olish boʻyicha samarali choralar, xodimlar orasida xizmat intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan ochiq va erkin muloqot olib borildi.

  Faxriy xodimlar suhbat jarayonida oʻz tajribalariga tayangan holda qoʻshimcha taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ularning amaliy tavsiyalari yosh xodimlar uchun muhim yoʻnalish boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi. Uchrashuv yakunida ichki ishlar organlarida yillar davomida fidokorona xizmat qilgan faxriylar IIVning faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.

U.SHUKURLAYEV,

mayor.

Buxoro viloyati.