Urganch shahrida yashovchi M. K. tanishi P.O.ning noturar joyga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni toʻgʻirlamoqchi ekanligini eshitib, uni izlab topadi. M.K.ning quruq vaʼdalariga ishongan P.O. shu yilning fevral oyida unga 3 ming 300 AQSH dollarini berib yuboradi.
Ammo, M. K. oson yoʻl bilan qoʻlga kiritgan moʻmay daromadni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib, yuboradi. Firibgarning aldovlaridan toqati toq boʻlgan jabrlanuvchi, oxiri ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur boʻladi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
