IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda ona yurtimiz himoyachilari va ularning oila aʼzolari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir” shiori ostida eng yaxshi chizilgan vatanparvarlik ruhidagi suratlar va insholar tanlovi oʻtkazildi.

Unda har tomonlama faol ishtirok etgan kichik serjant Abduhamid Ollayorovlar oilasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, harbiy qism komandirining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.